“Biz 500 nafar ko'ngillini emlash sinovlarida qatnashishga taklif qildik” dedi u.
Ta'kidlanishicha, Venesuela va Rossiya “Sputnik V” vaktsinasini birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham muhokama qilishgan.
Avvalroq, Xitoy Xalq Respublikasi Sog'liqni saqlash davlat qo'mitasining epidemiyaga qarshi kurash bo'yicha maxsus komissiyasi rahbari, akademik CHjun Nan`shan` Rossiyani koronavirusga qarshi vaktsinani ro'yxatdan o'tkazish tugallanganligi bilan tabriklagan edi.
eslatib o'tamiz, 15 avgust kuni Rossiya Federatsiyasida koronavirus vaktsinasini ishlab chiqarish boshlandi. Vaktsinani tadqiq qilishning uchinchi yoki ro'yxatga olinganidan keyingi bosqichi kelayotgan haftada boshlanishi mumkin, shundan so'ng preparatni ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi.