Bir hafta oldin Venesuelada o'tkazilgan referendumda saylovchilarning 95 foizdan ortig'i bahsli Gayana-Essekibo hududining mamlakat tarkibiga kiritilishini qo'llab-quvvatlagan edi. 6-dekabr kuni mamlakat parlamenti bir ovozdan Venesuelada mazkur shatatni himoya qilish to'g'risidagi qonunni qabul qildi. Keyin prezident Nikolas Maduro mamlakat tarkibiga qo'shib olingan hududni boshqarish uchun huquqiy asos yaratuvchi hujjatlarni imzoladi.
Gayana prezidenti bu referendumni anneksiya qilish sari qadam deb atadi va hukumat mintaqaning har bir qarichini, shu jumladan harbiy yo'l bilan himoya qilishga tayyorligini e'lon qildi. Mamlakat allaqachon AQSh va BMTga yordam so'rab murojaat qilgan, deb xabar beradi mir24.tv.