Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatimiz elchixonasi koʻmagida Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasining Budapesht shahriga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi tashrif davomida Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibi oʻrinbosari Agnes Kertes, Ichki ishlar vazirligi davlat kotibi Zoltan Bolchik, Chet elliklar boʻyicha milliy politsiya boshqarmasi bosh direktori Shandor Gyombosh, Milliy iqtisodiyot vazirligi davlat kotibi oʻrinbosari Silvia Baloch hamda bir qator rekruting kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Vengriya tomoni migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni ishlab chiqishdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Tomonlar, mehnat migrantlari uchun viza berish tartibini soddalashtirish istiqbollarini birgalikda oʻrganishga kelishib oldi.
Tashrif Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, migratsiya va iqtisodiy sheriklik sohalarida oʻzaro hamkorlikning yangi istiqbollarini ochishda muhim qadam boʻldi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi safar davomida, shuningdek, Vengriyadagi yurtdoshlarimiz bilan ham uchrashdi.