Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an parlamentga mazkur mamlakatning a'zo bo'lishini ma'qullash to'g'risidagi bayonnomani taqdim etganidan keyin Stokgolmning Shimoliy Atlantika ittifoqiga kirishi yo'lidagi asosiy to'siq hozirda Vengriya bo'lib turibdi.
Bosh vazir Viktor Orban boshchiligidagi hukmron Fides partiyasi parlamentda mutlaq ko'pchilikni tashkil etadi va Shvetsiya siyosatchilari Vengriyadagi demokratiya holati haqida go'yoki “to'g'ridan-to'g'ri yolg'on” gapirayotganini ro'kach qilib, 2022-yil iyulidan beri Shvetsiya nomzodini to'xtatib turishda davom etmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.
Shvetsiya 2022-yilda NATOga a'zo bo'lish uchun ariza topshirgan edi. O'shandan beri u Vengriya va Turkiyadan tashqari NATOga a'zo barcha davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan. 23-oktabr kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi bayonnomani imzoladi.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Shvetsiya alyansga to'laqonli a'zo bo'lish uchun barcha shartlarni bajargan. Uning fikricha, mamlakat 28-29-noyabr kunlari bo'lib o'tadigan alyans tashqi ishlar vazirlarining yig'ilishidan “kechikmasdan” NATOga a'zo bo'lishi kerak.