Vengriya Turkmanistondan gaz sotib olishga qaror qildi

    Vengriya yaqin kelajakda Turkmanistondan gaz yetkazib berilishiga umid qilmoqda. Bu haqda Vengriya Davlat kotibining Sharq masalalari bo'yicha o'rinbosari Adam Shtifter ma'lum qildi.

    Bu masala ikki davlat o'rtasidagi hukumatlararo komissiya yig'ilishida muhokama qilindi.

    Shtifterga ko'ra, Vengriya bir necha mamlakatlardan tabiiy gaz importiga tayanadi. “Umid qilamizki, Turkmaniston tez orada Yevropaga, aniqrog'i Vengriyaga gaz yetkazib beruvchiga aylanadi”, deya qo'shimcha qildi u.

    Vengriyadagi Yevropa Ittifoqi ishlari bo'yicha Davlat kotibi o'rinbosari Piter Xolicha tomonlar tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilganini tasdiqladi. Uchrashuvda Kaspiy shelfidagi potensial uglevodorodlarni qidirish va rivojlantirish loyihalari va qayta tiklanadigan energiya tashabbuslari ham muhokama qilindi. Oktabr oyida bo'lib o'tadigan Xalqaro energetika forumida mamlakatlar energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo'yicha navbatdagi qadamlar muhokama qilinadi.

    29 – 30-sentabr kunlari Ashxobodda Iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Turkmaniston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining oltinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

    Sentabr oyida Vengriya Shell bilan gaz etkazib berish bo'yicha o'n yillik shartnoma imzoladi. Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto buni mamlakat tarixidagi “G'arb bilan tuzilgan eng yirik va eng uzun kelishuv” deb atadi. Budapesht o'n yil ichida 2 milliard kub metr gaz oladi. Ayni paytda Vengriya hukumati Rossiyadan neft va gaz sotib olishda davom etmoqda, deb xabar berdi kommersant.ru.