Vengriya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishi bo'yicha muzokaralarga qarshi – Orban

    Budapesht Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishi bo'yicha muzokaralarni boshlashga imkon bermaydi, hatto Vengriya ittifoqdagi bunday pozitsiyaga ega yagona davlat bo'lsa ham.

    Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Mandiner portaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

    “Yevropa Ittifoqi dahshatli xatoga yo'l qo'yish arafasida, buning oldini olish kerak. Garchi 26 ta (Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lgan boshqa davlatlar) buni qilishni xohlasa ham va faqat biz bunga qarshi bo'lamiz”, dedi u.

    Siyosatchining ta'kidlashicha, Ukrainaning haqiqiy ahvoli a'zo bo'lish bo'yicha u bilan muzokaralarni boshlashga imkon bermayapti.

    8-noyabr kuni Yevrokomissiya Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqiga kirish bo'yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qildi. Jarayonni boshlash bo'yicha rasmiy qaror 14-15-dekabr kunlari Bryusselda bo'lib o'tadigan Yevropa Ittifoqi sammitida ishtirokchilar tomonidan muhokama qilinadi. U faqat bir ovozdan qabul qilinishi mumkin, deb xabar beradi ria.ru.