Vengriyalik mutaxassislar Qarshi shahrida yirik loyihalarni amalga oshiradi

    Prezidentimizning oʻtgan yilgi Vengriyaga tashrifi davomida “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va Vengriya suv tizimlari klasteri - HWTC oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha memorandum imzolangan edi.

    Kelishuvga koʻra, vengriyalik hamkorlar bilan viloyatimizning Qarshi shahrida quyidagi loyihalar amalga oshiriladi:

    • gidrogeologik izlanishlar oʻtkazish orqali yangi suv manbalarini aniqlash;
    • texnik tekshirish va dastlabki maʼlumotlarni yigʻish;
    • loyihalash hamda suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish;
    • GIS va SKADA tizimlarini joriy etish;
    • ekspluatatsiya ishlarini amalga oshirish.

    Ayni paytda Qashqadaryoda xizmat safari bilan boʻlib turgan klaster Bosh direktori Chaba Xarangi bugun “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ direktori Xurshid Usmonov bilan uchrashib, ushbu loyihalar yuzasidan oʻzaro fikr almashdi. Shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar rejalashtirib olindi.