Vengriyaning “Inpark” kompaniyasi bilan birgalikda qoʻshma loyihalar amalga oshiriladi

    Investitsiyalar 13 Dekabr 2023 659

    Joriy yil 12 dekabrda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vengriyaning “Inpark” kompaniyasi biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori Gabriyella Lonkay bilan muzokaralar oʻtkazdi.

    Tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, vazirlik va kompaniya oʻrtasida investitsiya bitimlarini imzolash, yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish doirasida xorijiy kompaniyalarni jalb etish masalalarini muhokama qildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Inpark 2016-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniya Airbus, Honeywell, Bosch va boshqa yirik kompaniyalarning ishlab chiqarish obyektlari joylashgan 17 shahardagi umumiy maydoni 900 gektar boʻlgan sanoat zonalarini boshqaradi.