Qayd etilishicha, poytaxtda mavjud 217 ta qozonxonaning 29 tasida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilib, 76 km eskirgan issiqlik quvurlari almashtirildi va 1.32 km issiqlik tarmoqlari yer ostiga olindi.
Shuningdek, 47.1 km Issiqlik tarmoqlaridagi izolyatsiya qoplamasi qayta tiklanib, 12 ta nasos stansiyalari mukammal taʼmirlandi. 92 ta nasos stansiyasi esa joriy taʼmirlandi.
Bundan tashqari, 2927 dona havodan oʻtgan issiqlik quvurlari boʻyaldi . 159 ta hisoblagich va 112 dona Individual issiqlik punktlari oʻrnatilgan. Shuningdek, qish mavsumida zarur boʻladigan zaxira anjomlari 100 foiz hozirlab qoʻyilgan.