Uchrashuvda telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish bozorini yana-da rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb etish, xususan, mobil aloqa kompaniyalarining samarali faoliyat olib borishlari uchun yurtimizda har tomonlama keng imkoniyatlar yaratib berilgani taʼkidlandi.
Axborot texnologiyalari va eng yangi mobil texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha fikr almashildi.
Tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yoʻnalishlar, jumladan, AKT masalalarida keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.