Vyetnam Prezidenti Vo Van Txiong iste'foga chiqdi

    Vyetnam Prezidenti Vo Van Txiong iste'foga chiqdi va hukmron Vyetnam Kommunistik partiyasi markaziy qo'mitasi uni qabul qildi.

    “Mamlakatda yirik davlat qarorlarini qabul qiluvchi Vyetnam Kommunistik partiyasi markaziy qo'mitasi shaxsiy sabablarga ko'ra Vo Van Txiongning iste'foga chiqishini ma'qulladi”, deyiladi xabarlarda, biroq hech qanday tafsilotlar keltirilmagan.

    Vo Van Txiong taxminan bir yil oldin Vyetnam Prezidenti etib tayinlangan edi. Uning prezidentlik muddati mamlakatning yaqin tarixidagi eng qisqa muddat bo'ldi.

    Shuningdek, u siyosiy byuro a'zosi va Vyetnam Kommunistik partiyasi markaziy qo'mitasining doimiy a'zosi bo'lishni to'xtatdi. Shundan so'ng Prezidentning iste'fosi Vyetnam milliy majlisi (bir palatali parlament) tomonidan ham tasdiqlanishi kerak, deb xabar beradi report.az.

    Qayd etilishicha, Vo Van Txiong partiya nizomining bir qancha bandlarini buzgan va shu sababli jamoatchilikning salbiy munosabatiga sabab bo'lgan.