Sholpan Batirbaeva «Qazaqstan» telekanalining prodyuseri, «Satti Media» kinostudiyasi direktori, «Silk TV» (Avstraliya) kinotelekompaniyasining prodyuseri hisoblanadi.
Prodyuser mahorat darsi davomida Qozog'istonda teleseriallar yaratish, auditoriya, distrib`yutsiya haqida ma'lumot berdi, shuningdek, kinostudiya faoliyati bilan bog'liq qiziqarli voqealar bilan o'rtoqlashdi.