Unda yurtimiz nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ofitserlari hamda musobaqalarga ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilarning bir guruhi ishtirok etdi.

Ochilish marosimidan soʻng ishtirokchilar Harbiy texnik forumdan oʻrin olgan jangovar texnikalar bilan tanishdilar. “Doʻstlik uyi”da boʻlib oʻtgan koʻrgazmali namoyishda esa barcha ishtirokchi davlatlar qatorida boy madaniy merosimiz, madaniyat va sanʼatimiz, milliy liboslar va hunarmandchilik buyumlarimiz aksariyat mehmonlar diqqat markazida boʻldi.

“Dala oshxonasi” yoʻnalishida musobaqalashayotgan davlatlar milliy taomlari namoyishi ham koʻpchilikning yodida qoladigan boʻldi. Bir chekkadan boshlagan tomoshabin oxiriga yetguncha bir-biriga oʻxshamaydigan taomlardan tatib koʻradi. Birgalikda suratlarga tushib, quvonchlarini boʻlishadi. Ayniqsa, oʻzbek paloviga navbatda turganlar koʻp boʻldi. Alabino poligoni yurtimizda oʻtkaziladigan Navroʻz sayliga oʻxshash qiyofa kasb etdi.

Shu kunning oʻzida “Tank biatloni” musobaqasi ishtirokchilarining yakka tartibdagi bellashuvlari boshlandi. Tankchilarimiz esa 25-avgust kuni ilk bahslarga kirishadi.