Ish beruvchi yurtdoshlarimizning pasportlarini olib, patent rasmiylashtirgan, lekin hujjatlarini qaytarib bermagan. SHuningdek, oldindan kelishilgan har oy uchun 40 ming rubl` ish haqlarining 3 oyligi berilmagan.

Mehnat migrantlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara viloyatidagi vakolatxonasiga videomurojaat orqali pasportlarini olib berib, majburiy mehnatdan ozod qilinishini so'ragan.

Vakolatxona xodimlari Samara viloyati Kinel` shahri ichki ishlar boshqarmasiga fuqarolarimizni majburiy mehnatdan ozod qilishda yordam so'rab, ariza yozgan. Muammo o'rganildi va qisqa muddatda ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda yurtdoshlarimizning ish joylariga borib, muammolari hal etildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.