Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining Qonuniylikni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish doimiy komissiyalari aʼzolari, ekspertlar, mutaxassislar ishtirokida mazkur Qonun oʻrganilib, dastlabki tarzda koʻrib chiqilgan.

Taʼkidlanganidek, Qonunning maqsadi vijdon erkinligi kafolatlarini kuchaytirish, har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqini taʼminlashning qonuniy mexanizmlarini mustahkamlash, shuningdek, davlatning din ishlari boʻyicha siyosatini takomillashtirishdan iborat.

Mazkur Qonun bilan inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar bilan kafolatlangan diniy sohada umumeʼtirof etilgan huquq va erkinliklarni va bevosita Oʻzbekiston sharoitida dinlararo munosabatlarni shakllanishining tarixiy sharoitlarini oʻz ichiga olganligini, ushbu omillarni inobatga olmay turib mamlakatimizda yashovchi millatlar va elatlar oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va hamjihatlik munosabatlarining muvozanatini saqlab qolish, ularning turli diniy eʼtiqodlari va his-tuygʻularini hurmat qilishni taʼminlashning imkoni yaratiladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi, deya xabar beradi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.