Tahlil davomida, hududdagi 14 nafar tadbirkorlar muammolari, 3 xil yoʻnalishda drayver loyihalar, 3 ta boʻsh turgan binolar, yoshlar kichik sanoat zonasi, xizmat koʻrsatish sohasi, 5 ta kasbga oʻqitish markazlari hamda yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha koʻplab chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek “Xolov Azamat” MCHJ rahbari tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 12 nafar yoshlarning bandligini taʼminlash taklifi oʻrganildi.
Shundan soʻng, masʼullarning keyingi manzili Tutak qishlogʻi boʻldi. Surxondaryo viloyati bilan chegaradosh Tutak qishlogʻi Yakkabogʻ tumani markazidan 60 km. uzoqlikda joylashgan.
Xonadonma-xonadon yurib, yuzma-yuz muloqotlar va uchrashuvlarda bir qator masalalar koʻtarildi. Shuningdek, masʼullar ijtimoiy infratuzilma obyektlariga ham borib muammolarni umumlashtirdi. Kotibiyat mudiri J.Rahmonqulovning bildirishicha, toʻplangan maʼlumotlar asosida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.