U shu kungacha “Surxon sanoat qurilish invest” qurilish-ishlab chiqarish korxonalari birlashmasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozmida ishlab kelgan.

Maʼlumot oʻrnida, Chori Quvvatov 1981-yilning 30-iyulida Qumqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2002-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi: buxgalteriya hisobi va audit.

Ch.Quvvatov turli yillarda “Oʻzsanoatqurilishbank”ning Toshkent viloyati mintaqaviy filiali boʻlim boshligʻi, shoʻba mudiri, Qibray filiali boshqaruvchisi oʻrinbosari, Shargʻun filiali boshqaruvchisi, Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali boshligʻi, shuningdek, Markaziy bankning Surxondaryo viloyati Bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ham ishlagan.