Viloyat, tuman va shahar hokimlariga 620 ming tonna mahsulot zaxirasini yaratish topshirildi

    Prezident oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga eʼtibor qaratdi.

    Zaxira qilish ishlaridagi kamchiliklar uchun ayrim hududlarda kartoshka va goʻsht narxi oʻsganiga eʼtibor qaratildi. 18 ta tuman va shaharda bozorlarni goʻsht, kartoshka, sabzi, piyoz va guruch bilan uzluksiz taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani, oziq-ovqat jamgʻarmalari uchun Sirdaryo, Xorazm va Toshkent shahrida mahalliy byudjetdan mablagʻ ajratilmagani tanqid qilindi.

    Bosh prokuratura, Raqobat qoʻmitasi va boshqa masʼul idoralarga zaxira yaratish va narx ustidan monitoring qilish boʻyicha hududiy ishchi guruhlar tuzish, narx eng yuqori oʻsgan tuman va shaharlarda bozorlarni barqarorlashtirish boʻyicha tezkor choralar koʻrish topshirildi.