Virjiniya shtatida samolyot halokatga uchradi, to'rt kishi hayotdan ko'z yumdi

    AQShning Virjiniya shtati Bat okrugida shaxsiy samolyotning qulab tushishi oqibatida to'rt kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda AVC telekanali mahalliy aeroport vakiliga tayanib xabar berdi.

    Telekompaniya ma'lumotlariga ko'ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da sodir bo'ldi.

    Shtat politsiyasi va Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi halokat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda, deb xabar beradi report.az.