Gripp
Bu virus xonalardagi 22 daraja issiq haroratda 2 soatdan 9 soatgacha, inson qoʻlida 5 daqiqa, metall va plastic materialda 24 soatdan 48 soatgacha yashaydi. Dezinfeksiyalash vositalariga chidamsiz. 60 daraja issiqqacha qizdirilganda halok boʻladi.
COVID-19
Narsa, buyumlar yuzasida — 22 daraja iliq havo va 40 foiz namlikda bir necha soatdan besh kungacha saqlanadi. Dezinfeksiyalash vositalariga chidamsiz. Virus 56 darajagacha qizdirilganda 15 daqiqa ichida halok boʻladi.
OITS
Havoda bir necha daqiqa. Ishlatilgan shpritslarda, 22 darajadan 37 gacha boʻlgan haroratda, 7 kungacha. Dezinfeksiya vositalariga chidamsiz. 56 darajagacha qizdirilganda 30 daqiqa faol, qaynatilganda 1 daqiqadan soʻng halok boʻladi.
Rotaviruslar
Vodoprovod suvida ikki oygacha. Atrof-muhit yuzalarida 45 kungacha, meva va sabzavotlar sirtida 5 kundan 30 kungacha saqlanadi. Dezinfeksiya vositalariga chidamli, 50 darajagacha boʻlgan issiqlikka bardosh bera oladi va hatto xlorlangan suvda oʻlmaydi.
Qizamiq
Muhitdagi sirtlar va havodagi -15 va undan past haroratlarda bir necha hafta davomida, xona haroratida bir necha soat tirik qoladi xolos. Virus ultrabinafsha nurlari va kunduzgi yorugʻlik taʼsirida nobud boʻladi.