Tajribalar shuni ko'rsatdiki, u besh soniyada o'z sirtidagi koronaviruslarning 99,9 foizini bartaraf etadi.

Olimlarning qayd etishicha, bunday matodan qo'lqop kabi shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarish mumkin. Bu tez-tez almashtirilishi kerak bo'lgan bir martalik mahsulotlardan voz kechishga imkon beradi.

Elektr toki yordamida material o'zining tashqi qatlamini 100 darajadan yuqori haroratgacha isitadi. Foydalanuvchining terisiga tegib turadigan ichki qatlam maksimal 36 darajaga qadar qiziydi, bu tabiiy tana harorati bilan deyarli bir xil, deb xabar beradi mir24.tv.