Dezinfeksiyalash vositalarini, shu jumladan sovun yoki alkogolga asoslangan vositalarni tez-tez ishlatish dermatitni qo'zg'atishi mumkin. Tirnash xususiyatiga ega ta'sir natijasida terining qizarishi va yallig'lanishi yuzaga keladi. Qo'l yuvish uchun suyuq holatdagi yuvish vositalarining keng qo'llanilishiga qaramay, ularning viruslarga qarshi ta'siri haqida dalillar kam edi.

Ish davomida olimlar antibakterial sovunlar, tabiiy sovunlar, sovun ko'piklari va vannani yuvishga mo'ljallangan xlor asosidagi mahsulotlarni sinovdan o'tkazishdi, ularning norovirus va adenovirusaulardan farqli ravishda qo'shimcha himoya qatlamiga ega bo'lgan viruslarni, masalan koronavirus va grippni zararsizlantirish qobiliyatini o'rganishdi.

Natijalar qattiq sovunlardan ko'ra suyuq holatdagi yuvish vositalaridan foydalanish himoya qobig'iga ega viruslarni bartaraf etishda samarali ekanini ko'rsatdi.

Biroq qobiqsiz viruslar sinovdan o'tgan qo'l yuvishning barcha vositalariga nisbatan ko'proq qarshilik ko'rsatdi. Norovirus eng chidamli bo'lib chiqdi – tadqiqotchilar sovun ta'sir qilish vaqtini 20 soniyadan bir daqiqaga oshirganda ham virus omon qoldi. Patogenni yo'q qilgan yagona vosita xlorga asoslangan oqartirgich edi, ammo u teriga qo'llashga yaramaydi, deb xabar beradi lenta.ru.