Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamkorligida quyidagi tibbiyot muassasalarida virusli gepatitning V hamda S turlarini erta aniqlash uchun bepul skrining tekshiruvlari oʻtkazilmoqda:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha:
— Nukus shahridagi 1, 3, 5 va 6-oilaviy poliklinikalar.

Toshkent shahri boʻyicha:
— Shayxontohur tumani markaziy poliklinikasi;
— Chilonzor tumani markaziy poliklinikasi;
— Uchtepa tumani markaziy poliklinikasi;
— Olmazor tumani markaziy poliklinikasi;
— Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 8-oilaviy poliklinika;
— Yashnobod tumanidagi 30-oilaviy poliklinika.

Andijon viloyati boʻyicha:
— Andijon shahridagi 1, 2, 3 va 4-oilaviy poliklinikalar.

Buxoro viloyati boʻyicha:
— Buxoro shahridagi 4, 5 va 11-oilaviy poliklinikalar;
— Gʻijduvon tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi.

Jizzax viloyati boʻyicha:
— Jizzax shahridagi 1, 2, 3, 4 va 5-oilaviy poliklinikalar.

Qashqadaryo viloyati boʻyicha:
— Qarshi shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi;
— Qarshi shahridagi 4, 5 va 6-oilaviy poliklinikalar;
— Chiroqchi tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi.

Navoiy viloyati boʻyicha:
— Navoiy shahridagi 1, 2, 3 va 4-oilaviy poliklinikalar.

Namangan viloyati boʻyicha:
— Namangan shahridagi 1, 3, 9 va 10-oilaviy poliklinikalar.

Samarqand viloyati boʻyicha:
— Samarqand shahridagi 2, 4, 9 va 12-oilaviy poliklinikalar.

Surxondaryo viloyati boʻyicha:
— Termiz shahridagi 1, 2, 3, 4 va 5-oilaviy poliklinikalar.

Sirdaryo viloyati boʻyicha:
— Sirdaryo tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi;
— Mirzabod tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi;
— Yangiyer shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi;
— Guliston shahridagi 2 va 4-oilaviy poliklinikalar.

Toshkent viloyati boʻyicha:
— Yuqori Chirchiq tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi, 66 va 67-oilaviy poliklinikalar.
— Saksonota oilaviy shifokor punkti.

Fargʻona viloyati boʻyicha:
— Fargʻona shahridagi 1, 4, 5 va 6-oilaviy poliklinikalar.

Xorazm viloyati boʻyicha:
— Urganch shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda 1, 2 va 3-oilaviy poliklinikalar. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.