Mamlakatimizda bu xastalik barcha yoshdagi ayollar o'rtasida ko'krak bezi saratonidan keyingi o'rinni egallaydi. O'lim ko'rsatkichi bo'yicha esa barcha yoshdagi ayollar o'rtasida ko'krak bezi va oshqozon bezi saratonidan keyin uchinchi va tug'ish yoshidagi ayollar orasida esa ikkinchi pog'onada qayd etiladi.

Shu sababli ayni kunlarda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamda Janubiy Koreya xalqaro sog'liqni saqlash jamg'armasi (KOFIH) hamkorligida joylarda ijtimoiy aksiya o'tkazilmoqda. Unga ko'ra, Toshkent shahridagi 5 ta, Andijon viloyatidagi 3 ta hamda Samarqand shahridagi 5 ta markaziy oilaviy poliklinikada bepul skrining tekshiruvlari tashkil etilgan. 

Ular quyidagi manzillarda joylashgan:  

Toshkent shahri bo'yicha:

—  Yunusobod tumani markaziy poliklinikasi
— Yunusobod tumani, 19-mavze, Yunus ota ko'chasi, 2-uy.

— Chilonzor tumani markaziy poliklinikasi
— Bunyodkor shohko'chasi, 7-a uy.

— Mirzo Ulug'bek tumani markaziy poliklinikasi
— TTZ-2 mavzesi, Ahillik mahallasi.

— Yashnobod tumani markaziy poliklinikasi
— Mahtumquli ko'chasi, 2-uy.

— Shayxontohur tumani markaziy poliklinikasi
— Ko'kcha darvoza ko'chasi, 305-uy.

Andijon viloyati bo'yicha:

— Andijon shahar tibbiyot birlashmasi ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi
— Andijon shahri, Mashrab ko'chasi, 39-uy.

— Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 1-oilaviy poliklinikasi
— Andijon shahri, Toshkent ko'chasi, 50-uy.

— Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 4-oilaviy poliklinikasi
— Andijon shahri, "Yorboshi" MFY, Nayman ko'chasi, 30-uy.

Samarqand viloyati bo'yicha:

—  Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi
— Samarqand shahri, Buyuk Ipak yo'li ko'chasi, 1"A"-uy.

—  Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 1-oilaviy poliklinikasi

— Samarqand shahri, Mulloqandova ko'chasi, 4-uy.

— Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 2-oilaviy poliklinikasi
— Samarqand shahri, Orzu Mahmudov ko'chasi, 1-uy.

— Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 3-oilaviy  poliklinikasi
— Samarqand shahri, G'iyosiddin Jamshid ko'chasi 21-uy.

—  Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 9-oilaviy poliklinikasi
— Samarqand shahri, Spitamen shohko'chasi, 207-uy.

Eslatib o'tamiz: bepul skrining tekshiruvlari tibbiy ro'yxatda turuvchi 30 yoshdan 49 yoshgacha bo'lgan ayollar uchun mo'ljallangan, deya xabar bermoqda Sog'liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.