Vision invest Oʻzbekistondagi qoʻshma loyihalar roʻyxatini kengaytiradi

    Investitsiyalar 10 Noyabr 2023 770

    Joriy yil 9-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vision invest kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Omar N. Ol-Midaniy bilan muzokaralar oʻtkazdi.

    Vision invest kompaniyasi 2002-yilda tashkil etilgan. Kompaniya boshqaruvidagi aktivlarining qiymati 96 milliard dollarni tashkil etadi. Vision invest ACWA Power kompaniyasi aksiyadori sanaladi va Saudiya Arabistoni, BAA va Ummondagi DXSH asosidagi loyihalarida yetakchi oʻrinni egallaydi.

    Saudiya Arabistoni tomoni Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan oʻzgarishlarni yuqori baholadi va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni samarali boshqarish uchun 10-noyabrda Toshkentda mintaqaviy vakolatxona ochish rejalashtirilganini maʼlum qildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Uchrashuvda, shuningdek, energetika, infratuzilmani rivojlantirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, suv resurslaridan foydalanish sohalarida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

    Muzokaralar yakunida faol hamkorlik qilishga va erishilgan kelishuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish doirasida keng koʻlamli choralarini koʻrishga oʻzaro tayyorlik bildirildi.