Kaliningrad shahrining “Baltika” klubi rasmiy sayti xabariga koʻra, Vitaliy klub bilan “1+1” koʻrinishida shartnoma imzolagan.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, Vitaliy Rossiya birinchi ligasi joriy mavsumida 23 oʻyinda maydonga tushdi. “Tom” 22 klub orasida 18-oʻrinni egallab, ligadagi oʻrnini saqlay olmadi.

“Baltika” esa mamlakat birinchi ligasi joriy mavsumini 5-oʻrinda yakunladi.