V.Norov Elchini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangani yuzasidan tabrikladi. Bu uning Oʻzbekiston-Amerika strategik sheriklik munosabatlarini qoʻshgan hissasi yuqori baholanganidan dalolat beradi.
D.Rozenblyum Oʻzbekistondagi faoliyati davomida respublikaning barcha sohalarda jadal taraqqiyotiga xizmat qilgan keng koʻlamli islohotlarga guvoh boʻlganini taʼkidladi. AQSH hukumatining Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan jadal oʻzgarishlar siyosatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash qayd etildi.
Oʻzbekiston-AQSH Strategik sheriklik muloqoti doirasida qator tadbirlarning muvaffaqiyatli oʻtkazilgani mamnuniyat bilan eʼtirof etildi. Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlari ilgari erishilgan kelishuvlarning toʻliq ijrosi yuzasidan birgalikda ishlashga tayyorligi tasdiqlandi.
Ikki tomonlama darajada va “5+1” shaklidagi boʻlajak uchrashuvlar jadvali boʻyicha fikr almashildi.
Elchi Oʻzbekiston tomoniga mamlakatda diplomatik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlagani va qulay sharoitlar yaratgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Qanday lavozimni egallashidan qatʼiy nazar Oʻzbekistonning doʻsti boʻlib qolishini taʼkidladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.