«Davlat idoralari va xorijiy diplomatik missiyalarda 45 yillik faoliyatimdan soʻng nafaqaga chiqishga qaror qildim. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu qarorimni qoʻllab-quvvatlaganidan chin dildan minnatdorman.
Men barcha aloqalarimdan Oʻzbekiston tashqi siyosatini rivojlantirish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotiga investitsiyalar, innovatsion texnologiyalar va raqamli yangiliklarni jalb qilishda foydalanish niyatidaman. Shu sababli men Silk Road Advisory konsalting kompaniyasini tashkil qildim», — deb yozgan u.
Vladimir Norov 2022-yil 27-apreldan 2023-yilning 10-yanvarigacha tashqi ishlar vaziri sifatida ishlagan. 2023-yilning 10-yanvaridan buyon Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.