Ikki mamlakat o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko’rib chiqildi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning O'zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi yakunlari bo'yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlarni jadallashtirishga tomonlarning tayyorligi tasdiqlandi.

Vazirlar kelgusi tadbirlar jadvali, shu jumladan Toshkent shahrida "O'zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya" shaklidagi uch tomonlama uchrashuv tashkil etish yuzasidan kelishib oldilar.

J.Bayramov Qoraqalpog'istonda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash bo'yicha O'zbekiston Rahbariyati tomonidan ko'rilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon to'liq qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi har qanday harakatlarga yo'l qo'ymaslik muhimligi qayd etildi.