Jizzax viloyati Mirzacho'l tumani Gagarin shahrida voyaga etgan Vladimir Shamanov mamlakatimizdagi o'zgarishlardan ruhlanganini quyidagicha izhor etdi:

– Keyingi 2-3 yil ichida O'zbekistonda bir necha bor bo'ldim. Har safar kelganimda hayratim oshadi, yaxshi bir yangiliklarni eshitib, ko'rib quvonaman. Gagarin shahrini olaylik. Bu shahar men uchun g'oyat qadrdon go'sha, ikkinchi Vatanim. Shu erda bolaligim o'tdi, voyaga etdim, ulg'aydim. Bugungi Gagarin uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga katta minnatdorlik bildiraman. O'zbek xalqiga hurmatim cheksiz. Shu bois, keyingi yillarda O'zbekistondagi yaxshi o'zgarishlar, tub islohotlarni kuzatib ham quvonaman, ham faxrlanaman. Shavkat Mirziyoyev mamlakat yoshlari ta'lim-tarbiyasiga, ilm-fan taraqqiyotiga alohida e'tibor qaratmoqda. O'zbekistonda Uchinchi Renessans epkini boshlanganidan ham yaxshi xabardormiz. Sizlarga faqat olg'a yurishni, zalvorli marralarni zabt etishni tilab qolaman.