Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan fuqaro Sh.S. yashash joyida ehtiyotsizligi oqibatida ogʻir tan jarohati olib kasalxonaga yotqiziladi. U shifoxonada 3 marotaba jarrohlik amaliyotini boshidan oʻtkazib, qiyin moliyaviy ahvolda qoladi.
Vladivostok shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgan ushbu yurtdoshlarimiz mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi hamkorligida Oʻzbekistonga olib kelindi.