Joriy yilning 14-iyul kuni Vobkent tumani hokimligi hamda maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi bilan hamkorlikda “Charmgaron” MFY hududidagi A.Navoiy koʻchasida joylashgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan targʻibot bannerlarining holati oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida rus tilida yozilgan reklama, bannerlarni ikki kun muddat ichida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash boʻyicha tadbirkorlarga ogohlantirish xatlari berildi.
Shuningdek, 15-iyul kuni tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimida ish yuritish hujjatlari va koʻrgazmali axborot matnlarining holati oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida kiril yozuvida yozilgan bannerlar olib tashlandi. Xuddi shunday ish hujjatlari va rasmiy blankalar lotin yozuvida yozilishi toʻliq taʼminlandi.
Bundan tashqari tumandagi “Istiqlol” va “Rabotoxun” MFY hududlaridagi savdo doʻkonlari peshtoqidagi peshlavhalar “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonuni talablari asosida toʻliq rasmiylashtirildi hamda simyogʻochlarda ilib qoʻyilgan reklama, bannerlar olib tashlandi.
Yusuf NASULLAYEV
Vobkent tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy
ishlar samaradorligini oshirish,
davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini
taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi