Vodiy viloyatlariga qatnovchi poyezdlar chiptasi narxi yagona tarifga oʻtkazildi

    Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari boʻylab harakatlanuvchi shaharlararo yoʻlovchi poyezdlarining chipta narxida oʻzgarish boʻldi.

    Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 10-aprelidan shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar yoʻnalishlariga yagona tarif (faqat bir zona)ga oʻtkazildi. Bunda yoʻlovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yoʻnalishga qarab, zonalarga boʻlinmagan holatda toʻlovni amalga oshiradi.

    Shuningdek, ushbu yoʻnalishlarida harakatlanuvchi barcha shaharlararo yoʻlovchi poyezdlari yoʻlovchilari elektron toʻlov tizimi (ATTO) orqali toʻlovni amalga oshirishlari mumkin.

    Masalan, “Qoʻqon — Namangan — Andijon” yoʻnalishi yagona tarif narxi 15 000 soʻm. Lekin(ATTO) elektron toʻlov tizimi orqali toʻlovni amalga oshirmoqchi boʻlgan yoʻlovchilar naqd pulda amalga oshiriladigan toʻlovdan farqli ravishda 500 soʻm miqdorda kam pul toʻlaydi.