Airbus vodorodli dvigatelli yoʻlovchi samolyotning bir vaqtning oʻzida uchta variantini loyihalashtiryapti. Kompaniya birinchi tijorat parvozini 2035-yilda amalga oshirmoqchi.
Uchala samolyotning ham dvigateli gaz turbinali boʻlib, vodorod yoqilgʻisida ishlashga moslashtirilgan. Bir vaqtning oʻzida ushbu samolyotlarning elektr energiyasi ishlab chiqaradigan vodorodli yoqilgʻi elementlari ham mavjud boʻladi. Ushbu kombinatsiya havo transportining ekologik nuqtayi nazardan bebaho va oʻta samarali turini yuzaga keltirishi kutilyapti.
Airbus dunyoda birinchi boʻlib vodorodli yoqilgʻida ishlaydigan tijorat samolyoti ishlab chiqarishdan umidvor. Kompaniyaning hisob-kitobiga koʻra, vodoroddan foydalanish aviatsiya tashuvchilarining zaharli gaz ishlab chiqarishini 50 foizdan ikam boʻlmagan miqdorga qisqartiradi ekan.
“Vodorod aviatsiya yoqilgʻisining kerosinga qaraganda boshqa xislatlari mavjud, shuning uchun Airbusga vodorod yoqilgʻisini saqlashning boshqa variantlari shuningdek samolyotlarning ham boshqacha tuzilishini taklif etishga toʻgʻri keladi”, — deb hisoblaydi avia ishlab chiqaruvchi kompaniyaning muhandislik ishlari boʻyicha vitse-prezidenti Jan-Bris Dyumon.
Vodorodli samolyotning katta hajmdagi prototipi 2020-yilning oxirida paydo boʻlishi kerak. Birinchi tijorat samolyoti esa 2035-yilga moʻljallangan.