Bu haqda Qarshi shahrida oʻtgan matbuot anjumanida viloyat Avtomobil yoʻllari boshqarmasi masʼullari qayd etib oʻtdi.
— Amaliy ishlarimiz uzluksiz ravishda davom ettirilmoqda, — deydi anjuman davomida Qashqadaryo viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Husniddin Kamolov. — Jumladan, davlatimiz rahbarining hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini taʼminlash borasida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Shu asosda bir qator hududlar shuningdek, turizm obyektlariga olib boruvchi yoʻllar bosqichma-bosqich yangidan asfalt qilinmoqda. Ayrim qismlari joriy taʼmirlanib chiqilmoqda. Bu kabi jarayonlar kelgusi yilda yanada jadallashadi. Xususan, 2024-yilda viloyatda jami 1981 km yoʻllar taʼmirlanishi rejalashtirilmoqda. Bu esa, kattagina koʻrsatkich. Eng asosiysi, aholini yoʻllarini ravon qilib, bu boradagi muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etib borish.
Tadbir davomida soha vakillari jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob berishga intilishdi.