Oʻrganishda, Federatsiya mansabdor shaxslari va boshqalar byudjet mablagʻlarini juda koʻp miqdorda talon-toroj qilishgani aniqlandi.
Xususan, sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻiga asosan, Federatsiyaga 54 nafar sportchilar bilan 23 kunlik oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazish uchun byudjetdan 445 mln. soʻm ajratilgan boʻlsada, amalda 10 kun oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazilib, 231 mln. soʻm byudjet mablagʻlari oʻzlashtirilgan.
Bundan tashqari, terma jamoa va uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan 29 nafar sportchini turli sport yigʻinlariga yuborilib, 75 mln. soʻm mablagʻlar asossiz sarflangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida byudjetga yetkazilgan zararning 120 mln. soʻmi qoplanishi taʼminlandi.
Mazkur holatlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.