Holat yuzasidan qilingan murojaatni tezkorlik bilan oʻrganish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ushbu shahardagi vakili voqea joyiga yetib bordi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili aralashuvi bilan ish beruvchi korxona rahbari yurtdoshlarimizning pasportlarini va 160 ming rubl ish haqlarini qaytardi. Ish boshqaruvchining xatti-harakatlari esa huquq-tartibot organlari tomonidan oʻrganilmoqda.

Shu bilan birga, yurtdoshlarimiz vokzalga olib borib qoʻyildi va Volgograd-Samarqand yoʻnalishida poyezd uchun chiptalar olib berishga koʻmaklashildi.