“Volvo”da nimalar yashirilgan edi?

 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil                        22 iyuldagi 449-son qarori talablariga muvofiq koronavirus infektsiyasi keng tarqalishiga qarshi kurashishda mamlakatda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar taqchilligining oldini olish, shuningdek fuqarolarning hayoti  va sog'lig'ini muhofaza qilish hamda koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarga o'z vaqtida tibbiy yordam ko'rsatilishini ta'minlash maqsadida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning O'zbekistondan tashqariga olib chiqilishi 2020 yil     1 oktyabrga qadar vaqtinchalik to'xtatildi.

Ayrim dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga esa  Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat berilishi mumkin.

Biroq, shunga qaramasdan bojxona chegaralari orqali dori vositalarini noqonuniy olib chiqishga bo'lgan urinishlar uchrab turibdi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali xorijga yo'l olgan fuqaro X.U. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtotrancport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o'tkazildi.

Natijada, yuk avtomashinasi salonida bojxona xodimining og'zaki so'rovida ma`lum qilinmagan, bojxona nazoratidan yashirilgan 554 dona dori vositalari borligini aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.