Biroq voyaga yetmagan farzandini olib ketolmagach, sudga murojaat qilgan.
MIBning Yangiariq tuman boʻlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan F.Rajabovaning voyaga yetmagan — 2014-yilda tugʻilgan farzandi O.Ramatovani tarbiyasiga olib berish toʻgʻrisidagi ijro hujjati joriy yilning 15-iyul kuni boʻlim ish yurituviga kelib tushgan.
Shu kunning oʻzida davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda "ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.
Boʻlim xodimlari tomonidan qarzdorga voyaga yetmagan bolani onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish toʻgʻrisida ogohlantirish xati yuborilgan. Lekin qarzdor nevarasini onasiga berishdan bosh tortgan.
Shunga koʻra, joriy yilning 15-iyul kuni davlat ijrochilari tegishli organlar va xolislar ishtirokida karantin qoidalariga rioya qilingan holda bir nafar voyaga yetmagan farzandi onasi F.Rajabova tarbiyasiga olib berilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.