2023-yilning 8-mart kuni soat taxminan 8:00larda, 1985-yilda tugʻilgan fuqaro S.U. mast holda oq rangli “Neksiya-3” rusumli avtomashina bilan Samarqand shahar Dahbed koʻchasidagi oʻquv markazi oldida turgan 2009-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan qizga oʻzini kirakash deb tanishtiradi.
Qizni uyiga olib borishini aytib, aldab oʻtirgʻizib, uyiga olib bormasdan, boshqa tomonga boshqarib ketadi.
Voyaga yetmagan qiz mashinadan tushib qolmoqchi boʻlganda u mashina eshiklarini qulflab qoʻyadi. Mashinani esa Oqdaryo tumani Boshdarxon MFY, Yangi obod qishlogʻigacha boshqarib borib, avtomashinasini shinasi bosimi chiqib ketadi. Shu sababli avtomashinadan tushib, gʻildiraklariga qarayotgan vaqtda qiz mashinadan tushib, qochib ketadi va shu yerdagi odamlardan yordam soʻraydi.
Holat yuzasidan qizning yaqinlari huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qilgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida S.U. qoʻlga olinib, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 137-moddasi (Odam oʻgʻirlash) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.