Reytingdan 7 nafar bokschimiz oʻrin olgan:

Olimjon Nazarov (oʻta yengil vazn toifasi - 50,8 kg) oʻtgan oydagi kabi 2-oʻrinda;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarimengil vazn toifasi - 55,3 kg) 6-oʻrinni egalladi (oʻtgan oyda 7-oʻrin);

Otabek Xolmatov (yarimengil vazn toifasi - 57,1 kg) oʻtgan oydagidagi singari 14-oʻringa joylashdi;

Shohjahon Ergashev (superengil vazn toifasi - 63,5 kg) 3-oʻrin (oʻtgan oyda 4-oʻrin);

Shahram Gʻiyosov (yarimoʻrta vazn toifasi - 66,6 kg) 7-oʻringa joylashdi;

Isroil Madrimov (superyarim oʻrta vazn toifasi - 69,8 kg) oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqorilab 13-oʻrinni band etdi;

Bektemir Meliqoʻziyev (superoʻrta vazn - 76,2 kg) oʻtgan oydagi singari 9-oʻrin.