Unda Innovatsion rivojlanish agentligining Innovatsion rivojlanish strategiyasi va Global innovatsion indeks boʻlimi masʼul xodimlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida Xalqaro indekslar, xususan Global innovatsion indeksga alohida toʻxtalib oʻtildi. GII keng qamrovli indeks boʻlib, u mamlakat taraqqiyotini 81 ta indikator boʻyicha baholaydi. Mamlakatlarni bugungi oʻzgaruvchan iqtisodiyot va global inflyatsiya kabi muammolardan olib chiqishning eng optimal yechimi innovatsiyalarni rivojlantirishdan iborat ekanligi aytib oʻtildi.

Oʻzbekiston bugunga kelib Global innovatsiyalar indeksida yaxshi natijalarni koʻrsatib kelishiga qaramay sohada yechimini topish zarur boʻlgan masalalar koʻpligi taʼkidlab oʻtildi. Kompaniya ekspertlari tomonidan GII dagi 47 indikator tanlab olinib, ular boʻyicha alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

“Whiteshield Partners” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Xalqaro reytinglar va indekslar boʻyicha strategiya amaliyotga joriy etilsa, mamlakatimiz 2025-yilga kelib GII da 61-oʻringa chiqishi taxmin qilinyapti. Uchrashuv yakunida Antonio Somma Oʻzbekiston innovatsion ekotizimini rivojlantirish va Global innovatsiyalar indeksidagi mamlakatimiz oʻrnini yuksaltirishda hamkorlikka tayyorligini aytib oʻtdi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish agentligi matbuot xizmati.