Bu haqda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Wildberries Oʻzbekistonda “WB INT EXPORT” MCHJ shaklida yuridik shaxs tashkil etib faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Tashkilotda soliq auditi oʻtkazilib, 2022–2024-yillar uchun byudjetga qoʻshimcha hisoblangan 51,2 mlrd soʻm (shundan, 42,8 mlrd soʻm QQS) soliq toʻlovlari toʻlandi.
«Soliq qoʻmitasi barcha soliq toʻlovchilarga yagona va obyektiv yondashuvni qoʻllab-quvvatlab, soliq majburiyatlarini bajarish uchun teng sharoitlarni yaratishga amal qiladi.
Faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga toʻliq rioya qilgan holda amalga oshirish soliq organlari bilan oʻzaro ochiq munosabatlarni taʼminlaydi hamda eʼtirozlar bildirish uchun asoslarni istisno qiladi", deyiladi xabarda.