Аvstraliyada ayrim ishchilar majburiy emlanadi

    Avstraliyada yangi turdagi koronavirus (Covid-19) ning Delta variantiga qarshi kurash va emlash ishlari davom etayotgan bir paytda, mamlakatning 3 yirik supermarketlar tarmog'i o'z xodimlarini Covid-19 ga qarshi emlashni majburiy qilib qo'ydi.

    Butun mamlakat bo'ylab faoliyat olib boradigan supermarket gigantlari – Woolworths va Aldi Avstraliyadagi barcha xodimlari uchun Covid-19 vaksinasini olishni majburiy qilib qo'ygan bo'lsa, Coles faqat Yangi Janubiy Uels (NSW), Viktoriya va Avstraliya poytaxti hududidagi xodimlar uchun majburiy emlash joriy etilishini ma'lum qildi.

    Avstraliyada emlanish huquqiga ega bo'lgan 16 va undan katta yoshdagi aholining 85,8 foizi Covid-19 vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan, ikkilamchi doza olgan aholi esa 70,8 foizni tashkil etmoqda.
    2020-yil mart oyidan beri yopiq bo'lgan chegaralar kelasi oy ochilishi kutilmoqda. Mamlakatga kirish huquqi esa chet eldagi avstraliyaliklarga va vizaga ega bo'lgan chet ellik talabalarga beriladi.