«Worldskills Uzbekistan-2020» chempionati boshlandi

    Mamlakatimizda 31 Oktabr 2020 2355

    Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

    “Ishga marhamat” monomarkazida Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi (WorldSkills Uzbekistan) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ishchi kasblar boʻyicha “WorldSkills Uzbekistan-2020” chempionati boshlandi.

    Ikki kun davom etadigan musobaqada 16-25 yoshda boʻlgan ishtirokchilar WorldSkillsning 6 ta yoʻnalishi – mehmonxona maʼmuriyati, sartaroshlik sanʼati, oshpazlik, quruq qurilish va pardozlash ishlari, elektr montaji, payvandlash texnologiyalari boʻyicha oʻz mahoratini namoyish etadi.

    Chempionatda Toshkent, Samarqand va Qashqadaryodan 36 nafar yosh mutaxassis qatnashmoqda. Chempionatning barcha ishtirokchilari kasbiy bilim va koʻnikmalar toʻgʻrisidagi sertifikatlar – Skills pasportlar oladi va eng yaxshilari oltin medal bilan taqdirlanadi.