Bu haqda noma'lum manbalarga tayanib, The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko'ra, 2018-yilda Makron maxfiy tushlik paytida Durovga Telegram bosh qarorgohini Fransiya poytaxtiga ko'chirishni taklif qilgan. Shu bilan birga, Fransiya Prezidenti Telegram asoschisi bilan unga ushbu mamlakat fuqaroligini berish masalasini muhokama qilgan.
Shunga qaramay, Durov kompaniyani Parijga ko'chirishdan bosh tortgan, deb xabar beradi tass.ru.