“U 100 foiz, rasman nafaqada. Sening qanday harakat qilishingni koʻrish ajoyib edi. Barchasi uchun rahmat. Keyingi hayotingdan zavq ol doʻstim”, — deb xabar qoldirdi Uayt.

Nurmagombetov buni tasdiqladi, Deyn Uayt minnatdorchilik izhor qilib, muxlislarning uning qarorini qabul qilishiga umid bildirdi: “Deyn Uayt, mening oʻzimni yuzaga chiqar olishim uchun yaratilgan imkoniyat uchun senga va UFC guruhining barcha aʼzolariga katta rahmat. Sizlar sportning bu turi tufayli koʻpchilikning hayotini butunlay oʻzgartirib yubordilaring. Deyn, menga boʻlgan munosabatingni hech qachon unutmayman, otam ham unutmagan, mening oʻgʻillarim ham seni unutmaydi”.

Nurmagombetov aralash yakkakurashlarning 29ta jangida 29 marotaba gʻalaba qozondi. U oʻtgan yil oktyabrda amerikalik Djastin Getji bilan boʻlib oʻtgan yengil vazndagi jangda UFC unvonini munosib himoya qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.