Xabib Nurmagomedov sportdagi faoliyatini yakunlash shartini aytdi

    Sport 13 Sentabr 2020 2160

    Engil vazn toifasida UFC chempioni “sog'lig'i imkon berishiga qadar” janglarda ishtirok etishni davom ettirishini ma'lum qildi.

    Bu haqda u Jang san'ati forumi doirasidagi onlayn konferentsiyada ma'lum qildi.

    “Juda ko'p savollar bor: “Qachon yakunlaysan?” Tushunaman, odamlar g'alabalarimdan charchashdi, biror bir yangilikni istashadi. Tanam imkon berar ekan, yanada kuchli bo'lar ekanman, faoliyatimni yakunlash borasida aniqlik yo'q. Kurasha olishim, o'z vaznimda eng zo'r bo'lish va og'ir yuklamalarni qabul qila olishimni his qilar ekanman, ketish haqida o'ylamayapman <...> Kuch-quvvatdan qola boshlaganimni anglashim bilanoq, sportdan ketaman”, - dedi sportchi.