Dastlab xakerlar kompaniyaning 14 mingga yaqin mijozlarining shaxsiy ma'lumotlarini qo'lga kiritgan. Buning uchun ular boshqa saytlarni buzib kirishdan keyin olingan elektron pochta va parollardan foydalangan. Keyinchalik xakerlar “DNK-qarindoshlar” funktsiyasi yoqilgan foydalanuvchilarning ma'lumotlarini ham egallab olishdi. Uning yordamida 23andMening mijozlarining genetik profillarini solishtirish mumkin. Shu tariqa ular 6,9 million foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlariga ega bo'lishdi – bu barcha ro'yxatdan o'tgan 23andMe mijozlarining deyarli yarmi degani.

O'g'irlangan ma'lumotlarga ismlar, qarindoshlik aloqalari haqidagi ma'lumotlar, tug'ilgan sana, joylashuv, fotosuratlar, manzillar va boshqalar kiradi.

Xabarlarga ko'ra, o'g'irlangan 23andM mijozlar ma'lumotlarini sotib olishni taklif qiluvchi reklamalar oktyabr oyida xakerlik forumlarida paydo bo'la boshlagan. Ularning narxi 1 dollardan 10 dollargacha bo'lgan. Keyinchalik xakerlar o'g'irlangan ma'lumotlar orasida “AQSh va G'arbiy Yevropadagi ba'zi boy odamlar” haqida ma'lumot borligi haqida xabar tarqatdi.

Kompaniya xakerlarning ma'lumotlarni qo'lga kiritishiga mijozlar allaqachon buzilgan parollarni qayta ishlatishi sabab bo'lgan bo'lishi mumkinligini aytdi, deb xabar beradi korrespondent.net.