Tadbirda Buxoro Davlat Universitetidan 30 nafar, Yuridik texnikumidan 40 nafar hamda oilaviy mehribonlik uylaridan tashrif buyurgan 20 nafar oʻquvchilar badiiy sahna koʻrinishlari, qoʻshiqchilik, sportning shaxmat-shashka yoʻnalishi boʻyicha oʻzaro bellashdi.

Tadbir doirasida, millat maʼnaviyatining buyuk siymolari Alisher Navoiy hamda Zahriddin Muhammad Bobur ijodga ham teran nazar solindi. Teatr ijodkorlari jamoasi tomonidan qoʻyilgan sahna koʻrinishlari, Buxoro shahar madaniyat boshqarmasi ijodkoralri tomonidan yangragan kuy va qoʻshiqlar ishtirokchilarga birday manzur boʻldi.

Bugungi kunda yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Gʻoliblar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi M.Tashev tomonidan qimmatbaho sovgʻalari, faxriy yorliq hamda tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.